18 may - Xalqaro muzeylar kuni. Bugun muzeylarga kirish tekin
Bugun, 18 may - Xalqaro muzeylar kuni. An'anaga muvofiq, Toshkent muzeylariga kirish bepul.
18 may – Xalqaro muzeylar kuni bo‘lib, u 1977 yildan beri nishonlab kelinadi.
Toshkent shahar hokimligining xabar berishicha, 18 may kuni barcha muzeylarda «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkaziladi, o‘nlab yangi ko‘rgazmalar ochiladi. Bu kunda barcha muzeylar tashrif buyuruvchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 105tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p muzey Toshkent shahrida joylashgan (29ta), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (1ta).
Bundan tashqari, Buxoro viloyatida 19ta, Farg‘onada 13ta, Samarqandda 12ta, Toshkent, Navoiy, Jizzax viloyatlarida 5 tadan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4ta, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida 2tadan muzey joylashgan.
Ma'lumot uchun, 2021 yilda butun dunyo bo‘yicha eng mashhur muzeylar reytingida Parijdagi (Fransiya) Luvr muzeyi 9,6 million tashrif buyuruvchi bilan 1-o‘rinni egallaydi.
Ushbu reytingning ikkinchi o‘rnida 7,3 million tashrif buyuruvchi bilan Xitoydagi Milliy Muzey (Beijing shahri), uchinchi o‘rinda esa 6,8 million tashrif buyuruvchi bilan Vatikan muzeyi (Vatikan shahri) turadi.
Kuchli beshlikka Nyu-Yorkdagi Metropolitan San'at muzeyi (6,7 million tashrif buyuruvchi) va Londondagi Britaniya muzeyi (6,2 million mehmon) yakun yasaydi.
Mavzuga oid
16:05 / 17.10.2024
Misrda dunyodagi eng qimmat muzey ochildi. Uni qurishga qariyb 20 yil vaqt ketdi
20:41 / 08.10.2024
Niderlandiyada muzey xodimi metall bankalar ko‘rinishidagi art-obektni tashlab yubordi
00:11 / 18.08.2024
Germaniyadagi muzeydan o‘g‘irlab ketilgan 124 mln dollarlik taqinchoqlar vataniga qaytarildi
10:23 / 24.06.2024