


7 dekabr Özbekiston Boş prokuraturasining «Özbekiston prokuraturasi tarix muzeyi»da qatağon qurbonlariga bağişlangan yangi ekspozitsiyalarning oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda boş prokuror Niğmatilla Yöldaşev, prokuratura tizimining faxriylari, huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari hamda jamoatçilik vakillari qatnaşdi.



Kun.uz muxbirining xabar berişiça, ayni vaqtda muzeyi kengaytirilib, unda qatağon qilingan prokuratura xodimlarining hayoti va faoliyati aks ettirilgan noyob eksponatlar ham kiritilgan.
«Zotan, köplab millat va elatlar qatori bizning xalqimiz ham yaqin ötmişdagi mustamlakaçilik davrida sodir etilgan ommaviy mudhiş qatağonni ilgari heç qaçon körmagan. 1937 – 1953 yillarda mustabid tuzum tomonidan 100 mingdan ziyod xalqimiz vakillari qatağon siyosatining qurboni bölgan. Bu yurtdoşlarimizning 13 ming nafari otib taşlangan, minglab kişilar nohaq quloq qilingan, surgunlarga jönatilgan.



Muhtaram Prezidentimizning ular xotirasini abadiylaştirişga kuyunçaklik bilan yondaşayotganlari ham bejiz emas. Zero, bugun dunyoning turli nuqtalarida öşa davrlarni qömsaydigan guruhlar paydo bölmoqda, mustabid tuzum uslublarini ideallaştirişga intiliş kuçaymoqda.






























