Toşkent şahri Yakkasaroy tumani Yunus Rajabiy köçasi birinçi muyulişida usti qizil, uçburçak tomli bir-biriga öxşaş 2 qavatli uylar körinadi. Ular 20-asrning örtalarida özbek adiblari, san’atkorlariga tegişli bölgan. Hozir uylarning aksarida adiblarning oila a’zolari yaşasa, ayrimlari sotib yuborilgan. Yana bir neçtasi esa uy-muzeyiga aylantirilgan. Şu qatordagi 26-uyda özbek adabiyotida hikoya janrining otasi sifatida e’tirof etiladigan Abdulla Qahhor va rafiqasi Kibriyo Qahhorova 1958-1968 yillarda yaşagan. Bu joy 1987 yilda Qahhorova taşabbusi bilan uy-muzeyiga aylantirilgan. «Kibriyo Qahhorova 1996 yilga qadar muzeyda ilmiy-xodim sifatida faoliyat yuritgan. Beş mingdan ziyod buyumlarni, nodir asarlarni Kibriyo opa şu qadar asrab-avaylaganki, körganingizdek, bugungi kunga kelib, eksponatlar unçalik darajada ta’mirga muhtoj emas », — deydi muzey xodimi Sanobar Matlubova.

Abdulla Qahhor uy muzeyi. Yunus Rajabiy 26/1

Uy-muzeyiga qarab turganda öng qölda Abdulla Qahhorning byusti turibdi. Taşqariga oçiladigan jigarrangli yaltiroq eşikdan muzeyga kiriladi. Bu eşik doim oçiq turadi. Undan keyingi panjarali eşik esa içkaridan yopilgan. Taşrif buyuruvçi kelganidan keyin muzey xodimi eşikni oçadi. Uyga kirişingiz bilan eski buyumlar hidi dimoğga uriladi. Eksponatlarni körmasdan hidning öziyoq taşrif buyuruvçini ötgan asrga olib boradi.

Abdulla Qahhor 1907 yil 17 sentabrda Farğona viloyatining Qöqon şahrida tuğilgan. Uning otasi Abduqahhor temirçi bölgan. Oila tirikçilik uçun bir joyda muqim yaşay olmay, turli qişloqlarda yaşaşga majbur bölgan. Abdullaning bolaligi Yaypan, Nursuh, Kudaş, Buvayda, Tolliq, Olqor, Yulğunzor, Oqqörğon kabi Qöqon atrofidagi qişloqlarda ötgan.

Dahlizdan öng qöldagi birinçi xonada Abdulla Qahhorning bolaligi, ota-onasi va Qöqon şahrini eslatuvçi fotosuratlar joylangan. 20-asrda temirçilar foydalangan «dam» deb nomlangan asbob muzey eksponatlari orasidan joy olgan. «Bir kun dadam meni dökonga olib ketdi va «dam»ga soldi. Men har kuni dadamga öxşab saharda borib, xuftonda qaytmasam ham, kun yorişganda borib, qoronği tuşmasdan qaytar edim. Kun böyi «dam»ning arqonini tortaman, qöyvoraman, tortaman, tortaman, qöyvoraman