16:58 / 18.05.2021
7940

Dunyo vaksinaviy aparteid bosqichiga o‘tdi – JSST rahbari

Gebreyyesus bir necha kun avval boy mamlakatlarni bolalarni koronavirusga qarshi emlamaslikka, birinchi navbatda vaksinani kambag‘al mamlakatlar bilan bo‘lishishga chaqirgandi.

Foto: Reuters

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus koronavirusga qarshi vaksina yetarlicha taqsimlanmaganligini ta'kidladi va «dunyo vaksinaviy aparteid bosqichiga o‘tgani»ni aytdi, deb xabar bermoqda BBC.

«Yuqori daromadli mamlakatlar dunyo aholisining 15 foizini tashkil qiladi, ammo dunyodagi vaksinalarning 45 foiziga ega. Kam va o‘rta daromadli mamlakatlar esa dunyo aholisining qariyb yarmini tashkil etadi, ammo ularga vaksinalarning atigi 17 foizi to‘g‘ri keladi», - dedi JSST rahbari Parij tinchlik forumi tashkil etgan onlayn-munozarada.

Gebreyyesus bir necha kun avval boy mamlakatlarni bolalarni koronavirusga qarshi emlamaslikka, birinchi navbatda vaksinani kambag‘al mamlakatlar bilan bo‘lishishga chaqirgandi.

AQSh bu chaqiriqqa javob berdi: dushanba kuni Bayden Amerika koronavirusga qarshi 80 million doza vaksina yoki umumiy zaxirasining 13 foizini bo‘lishishini aytdi. Qolgan zaxira barcha katta yoshdagi amerikaliklarni emlashga yetadi.

Mavzuga oid
Top