17:11 / 19.05.2021
3439
O‘zbekistonda bir yil ichida qurilish korxonalari soni 11 foizga o‘sdi

Statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 may holatiga ko‘ra O‘zbkistonda jami 42 782 ta qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda, Bu o‘tgan yilgiga nisbatan 11 foizga ko‘proq degani..

Foto: KUN.UZ

Stat.uz e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda qurilish korxonalari soni o‘tgan yilga nisbatan 4 924taga yoki 11 foizga ko‘paygan.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, eng ko‘p qurilish korxonalari Toshkent shahrida ( 8 339 ta), eng kam korxonalar esa Sirdaryo viloyati ( 1 570 ta)da joylashgan.

Bundan tashqari, boshqa hududlarda qurilish korxonalari soni quyidagicha:

  • Farg‘ona viloyati – 3 385 ta
  • Qashqadaryo viloyati – 3 376 ta
  • Andijon viloyati – 3 218 ta
  • Samarqand viloyati – 3 197 ta
  • Buxoro viloyati – 2 843 ta
  • Surxondaryo viloyati – 2 654 ta
  • Namangan viloyati – 2 414 ta
  • Qoraqalpog‘iston R. – 2 391 ta
  • Jizzax viloyati – 2 081 ta
  • Xorazm viloyati – 2 010 ta
  • Navoiy viloyati – 1 593 ta

Avvalroq, joriy yilning dastlabki ikki oyida 1 251ta qurilish korxonasi yangi tashkil etilgani ma'lum qilingandi.

Top