20:05 / 21.05.2021
12953

O‘ndan ortiq arman askarlari ozarboyjonlik harbiylar bilan mushtlashuvdan so‘ng shifoxonaga yotqizildi

O‘ndan ortiq armanistonlik harbiylar respublika hududiga o‘tgan ozarboyjonlik harbiylar bilan mushtlashuvdan so‘ng shifoxonaga yotqizildi.

"20 may kuni Syunik oblastidagi Qora ko‘l hududida sodir bo‘lgan mushtlashuv oqibatida jarohatlanganlar bor, ular o‘rta va og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizildi", - deb xabar berdi Interfaks Armaniston mudofaa vazirligiga tayanib.

Armaniston ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, 11 nafar arman askarlari shifoxonaga yotqizilgan.

12-13 may kunlari Ozarboyjon armiyasi bo‘linmalari Syunik va Gegarkunik oblastlaridan Armaniston hududiga kirgani xabar qilindi. Armaniston bu masala bo‘yicha kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga murojaat qilgan.

Mavzu
Arman-ozar chegarasida yangi ziddiyat
13 may kuni Ozarboyjon harbiylari Vardenis (Gegargunik oblasti) va Sisian (Syunik oblasti) shaharlari yaqinidagi chegara orqali Armanistonga kirishga uringan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top