08:10 / 25.05.2021
333
Sirdaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni ma'lum qilindi

Sirdaryo viloyati umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan har bir o‘qituvchiga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi tomonidan Kun.uz’ga ma'lum qilindi.

2020-2021 o‘quv yili boshida jami o‘qituvchilar soni 12 ming 667 nafarni tashkil etib, ulardan 61,4 foizi qishloq maktablarida, 38,6 foizi shahar maktablarida faoliyat yuritib kelmoqda. Sirdaryo viloyatida bitta o‘qituvchiga o‘rtacha 12 nafar o‘quvchi to‘g‘ri keladi.

Kasb-hunar maktablarida jami o‘qituvchilar soni 178 nafarni (o‘rindoshlarsiz) tashkil etdi. Shundan eng ko‘p o‘qituvchi xodimlar Sayxunobod tumanida 33 nafar (18,5 foiz) faoliyat yuritmoqda. 

Shuningdek, viloyat oliy ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) jami 500 nafarni tashkil etdi. Shundan 145 nafarini ayollar (29 foiz) tashkil etsa, 355 nafari erkaklar (71 foiz) dan iborat.

Top