Holat Toşkent şahri Sergeli tumanidagi 277-maktabning 1-“e” sinf öquvçilari bilan sodir bölgan. Bolalar ombudsmanining xabar berişiça, 16 aprel kuni bolalarning 15 nafar ota-onasi maktab direktorining huzuriga kelib, 1-“e” sinf rahbari ustidan şikoyat qilgan.

Unga köra, öqituvçi öquvçilar qölining kaft qismi ustiga “samorez” va ignalar bilan sançib, turli jarohatlar yetkazgan, “göyoki şunday usulda bolalarni tarbiyalaşga uringanini” bildirişgan.

“1-“e” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan şunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan öqituvçi bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilinib, u işdan böşatildi”, deyiladi rasmiy izohda.

Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda. Vaziyatni Bolalar ombudsmani nazoratga olgan. Bu böyiça qöşimça ma’lumot berilişi ma’lum qilindi.