17:57 / 26.05.2021
894
Buxoroda sodir bo‘lgan YTHda quvib o‘tish qoidalarini buzgan «Neksiya» haydovchisi vafot etdi

Buxoro viloyati Kogon tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida quvib o‘tish qoidalarini buzgan «Neksiya» haydovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 21 may kuni soat 22:30larda «Neksiya» mashinasi haydovchisi davlat ahamiyatiga ega 4R63 avtomobil yo‘lining Kogon tumanidan o‘tgan 10-kilometrida harakatlanayotib, o‘zidan oldinda ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tgan. Natijada ro‘parasidan chiqib qolgan, o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan Hovo yuk mashinasining old qismiga borib urilgan.

Oqibatda, haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, Neksiya haydovchisi shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, Kogon tuman IIB YHXB tomonidan mazkur hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Top