18:41 / 26.05.2021
3264
"MNG Airlines" O‘zbekistonga  muntazam  yuk tashish qatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan  Turkiya Respublikasining  "MNG Airlines" aviakompaniyasiga  2021 yil 26 mayda  98-K sonli Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Ushbu ruxsatnomaga muvofiq "MNG Airlines" aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga Istanbul – Navoiy – Istanbul yo‘nalishida muntazam yuk tashish parvozlarni amalga oshiradi.
  
Aviakompaniya  yuk tashish parvozlarini  Airbus 300-600,  Airbus 330-200 va Airbus 330-300 havo kemalarida amalga oshiradi, deya xabar beradi O‘zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati.

Top