Toşkentda IIV YHXBB tomonidan yuk taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçi tadbirkorlar iştirokida yiğiliş ötkazildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Yiğilişda sönggi vaqtda yuk taşiş faoliyati bilan şuğullanuvçilarning yöl harakati qoidalarini mensimasligi va haydovçilik madaniyati yetarli emasligi sababli yöllarda yuk avtomobillari bilan boğliq YTH sodir etilayotgani aytildi.

YHXBB boşliği Olim Saidov mazkur muammolarga barham beriş va yuk taşiş sohasini tartibga soliş böyiça 7 ta taklif bildirdi. 

“Birinçidan, yuk taşiş faoliyatini amalga oşiriş uçun ruxsatnoma (litsenziya) olişga bölgan talablarni kuçaytiriş kerak”, dedi polkovnik sözi avvalida.

Ikkinçi taklif – barça avtokorxonalarning yuk transport vositalarini (ayniqsa, işlab çiqarilganiga 10 yildan oşgan) navbatdan taşqari texnik körikdan ötkaziş bilan boğliq.

Uçinçidan, yöllarda ma’muriy profilaktikani kuçaytiriş maqsadida barça yuk avtomobillarini “videoregistrator” moslamasi bilan jihozlaş lozim.

“Avtokorxonalarda maxsus monitoring guruhlari taşkil etilib, videoregistratorlarga olingan qoidabuzarliklar Yöl harakati xavfsizligi xizmatining maxsus saytiga kunlik joylab boriladi. Mazkur videolarni yuborganlik uçun olingan mukofot pullari haydovçilarni rağbatlantirişga yönaltiriladi”, dedi boş boşqarma rahbari.

Törtinçidan, yuk avtomobillarining harakatlanişi ustidan jamoatçilik nazorati tizimini yölga qöyiş muhimligi aytildi.

“Bunda har bir avtomobilning yon va orqa qismiga maxsus yorliq örnatilib, unda transport korxonasi rahbarining telefon raqami yoki telegram manzili körsatiladi va haydovçi tomonidan qoidabuzarlik sodir etilgan taqdirda fuqarolar bu holatni tasvirga olib, bu haqda rahbariyatiga xabar berişlari mumkin böladi”, dedi Olim Saidov.

Beşinçi taklif harakat xavfsizligini ta’minlaşga mas’ul bölgan idora vakillari iştirokida “Telegram” guruhini taşkil etiş va barça muammoli masalalarning yeçimini topişda hamkorlikni yölga qöyiş va doimiy fikr almaşib boriş böyiça böldi.

“Oltinçidan, haydovçilar tomonidan xizmati vaqtida mehnat kodeksiga rioya qilinişi, rulda uzluksiz bölgan vaqti va masofasi belgilangan me’yorlardan oşmasligi ustidan doimiy nazorat olib boriş. Bunda taşkilotlarning “harakat xavfsizligi” böyiça nazorat qiluvçi xodimlarining (BD) mas’uliyatini kuçaytiriş.

Yettinçidan, yuk avtomobillariga yölning çetki çap bölagida harakatlanişni taqiqlaş, uşbu bölakka faqatgina çapga buriliş yoki ortga qayrilib olişda harakatlanişga ruxsat etişni Yöl harakati qoidalarida belgilaş”, dedi YHXBB boşliği.