Transport vazirligi xabariga köra, joriy yil 31 mart kuni bölib ötgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining norasmiy sammiti doirasida erişilgan kelişuvlarga muvofiq Özbekiston Transport vazirligi hamda Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligi ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboşlaş tizimi loyihasini işga tuşiriş böyiça harakatlarni boşlagan.

Şu yilning iyul oyida Xalqaro avtomobil taşuvlari masalalari böyiça özbek-turk qöşma komissiyaning Toşkentda bölib ötgan yiğilişida yuk taşuvlari jarayonini jadallaştiriş maqsadida mamlakatlar örtasida ruxsatnoma blankalarini elektron (E-permit) ayirboşlaş tizimini tatbiq etiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş yuzasidan vazifalar belgilab olingandi.   

Uşbu elektron tizimni amaliyotga joriy etişning dastlabki bosqiçi doirasida Özbekiston Transport vazirligi Turkiya tomoni bilan kelişgan holda ilk marotaba E-Permit tizimidan foydalanib sinov avtokarvonini taşkil etdi.

Joriy yil 6 noyabr kuni Özbekistondan yölga çiqqan avtokarvon 10 noyabr kuni “Sarp” çegara ötkaziş punkti orqali Turkiyaga yetib bordi. Avtokarvon Turkiyaning transport va infratuzilma vazirligi mutasaddilari hamda bojxona ma'muriyati vakillari tomonidan kutib olindi.

“Bu kabi zamonaviy raqamli texnologiyalar va sönggi avlod IT işlanmalarining sohaga keng joriy etilişi transport operatsiyalarini jadallaştiriş va mamlakatlarimiz örtasida tovar oqimini köpaytirişda muhim ahamiyat kasb etadi”, deyiladi xabarda.