«Markaziy Osiyo mamlakatlari xalqaro transport infratuzilmasi va transport yölaklarini birgalikda yaratişdan manfaatdor. Bu mintaqa mamlakatlariga eksport mahsulotlarini yetkazib berişdagi transport xarajatlarini kamaytirişga yordam beradi. Bunday loyihalardan biri mintaqa mamlakatlariga Pokistonning Karaçi, Qosem va Gvadar dengiz portlariga çiqiş imkoniyatini beruvçi «Mozori-Şarif-Kobul-Peşovar» temir yölining qurilişi bölişi mumkin. Bu Janubiy Osiyo temir yöl tizimini Markaziy Osiyo va Yevrosiyo bilan boğlaydi, bu esa mintaqaning tranzit salohiyatini oşiradi. Masalan, loyiha töliq amalga oşsa, Pokistondan Özbekistonga yuk taşiş muddati 35 kun emas, balki 3-5 kunni taşkil etadi. Şuningdek, 20 funtlik logistika taşiş narxi deyarli 3 barobarga kamayişi mumkin. Şu bilan birga, prognozlarga köra, uşbu yönaliş böyiça yuk taşiş hajmi 10 million tonnaga yetişi mumkin.
Transport sohasidan taşqari, Markaziy Osiyo mamlakatlari elektr energiyasi va tabiiy gaz eksporti böyiça global zanjirlarda qatnaşişdan manfaatdor.
Masalan, Qirğiziston va Tojikiston Afğoniston orqali Pokistonga 5 milliard kVt/soat elektr energiyasini yetkazib beriş uçun elektr uzatiş liniyasini qurişni közda tutuvçi «SASA-1000» xalqaro loyihasini işga tuşirdi. Loyihaning umumiy qiymati 1,1 milliard dollarga baholanmoqda», — deya ta’kidladi Obid Hakimov.













