14:20 / 26.05.2021
2096
«O‘zbekgidroenergo» AJ PricewaterhouseCoopers'dan ijobiy audit xulosasini oldi

«O‘zbekgidroenergo» AJ prezidentning 2018 yil 21 iyuldagi «Tashqi moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi va 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida jadal ishlarni amalga oshirdi.

«O‘zbekgidroenergo» AJ ijro apparati Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tayyorlash (MHXS) bo‘limi tomonidan dunyoning yetakchi «to‘rtlik» auditorlik tashkilotlariga kiruvchi PricewaterhouseCoopers xalqaro auditorlik tashkiloti bilan hamkorlikda «O‘zbekgidroenergo» AJ moliyaviy faoliyati xalqaro standartlar talablariga binoan auditorlik tekshiruvidan o‘tkazildi.

Bugun, 26 may kuni Jamiyat Boshqaruvi raisining o‘rinbosari X.Haydarov PricewaterhouseCoopers xalqaro auditorlik tashkilotining O‘zbekistondagi mas'ul vakilini qabul qildi.

Chapdan birinchi «O‘zbekgidroenergo» AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari X. Haydarov, MHXS bo‘limi boshlig‘i L. Usmonov. O‘ngda – PricewaterhouseCoopers katta menejyeri N. Tatibekova

Ta'kidlash joizki, o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvlari asosida «O‘zbekgidroenergo» AJ va uning tizim korxonalarining 2020 yilgi MHXS asosida tayyorlangan konsolidatsiyalangan (umumlashgan) moliyaviy hisobotiga PricewaterhouseCoopers xalqaro auditorlik tashkilotining ijobiy xulosasi olindi.

Foto: Chapda – «O‘zbekgidroenergo» AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari X. Haydarov. O‘ngda – PricewaterhouseCoopers xalqaro auditorlik tashkiloti katta menejyeri N. Tatibekova

Ma'lumot uchun: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) – keng qamrovli hisob-kitob operatsiyalarini qamrab oladi. Bunda, MHXS orqali aniq, majburiy qoidalar belgilanadi.

MHXS moliyaviy hisobdorlik, MHXS tamoyillari hamda asosiy hisobotlar turlariga tayanadi. MHXSga muvofiq, aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad hamda xarajatlar moliyaviy hisobdorlikning asosiy elementlari hisoblanadi.

«O‘zbekgidroenergo» AJ Boshqaruvi raisi o‘rinbosari X.Haydarov va MHXS bo‘limi boshlig‘i L.Usmonov

«O‘zbekgidroenergo» AJ
Axborot xizmati

Top