21:23 / 28.05.2021
4452
Jahongir Ortiqxo‘jayev hokimlik huzurida kommunal xizmatlar klasterini tuzishni taklif qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholining yashash sharoitini yaxshilash va turar joylarni ta'mirlash bo‘yicha videoselektor bo‘lib o‘tdi. Unda poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev so‘z oldi.

«Bir taklifim bor edi. Toshkent shahri juda katta va kundan kunga kattalashib borayapti. Shahar hokimligi qoshida yirik boshqaruv kompaniyasi tashkil qilsak, DUK shaklida bo‘lsa va juda ko‘p xizmatlarni qamrab olsak, unga xorijiy mutaxassislarni jalb qilsak.

Juda ko‘p davlatlar tajribasini ko‘rdik, xorijiy davlatlarda hatto bolalarga qarab turadigan xizmatlargacha bor. Qozon shahriga bordik (prezidentining o‘zi kutib oldi), Avstriyani ko‘rdik, Germaniyani ko‘rdik.

Ruxsat bersangiz, 15 kunda bu klasterning taqdimotini o‘tkazamiz», – deya shahar hokimining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident bu taklifni qo‘llab-quvvatladi.

«Toshkent shahri bo‘yicha tajriba shaklida alohida namunaviy qaror qabul qilamiz. 15 kunda taqdimot qilinglar, 1 oyda qarorni qabul qilaylik», – dedi davlat rahbari.

Top