18:24 / 31.05.2021
1753

Yetti nafar maktab bitiruvchilarini o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Foto: KUN.UZ

Farg‘ona viloyatida maktab bitiruvchilarini Koreya xalqaro universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi, deya xabar bermoqda Bosh Prokuratura departamenti axborot xizmati.

Ta'kidlanishicha, «I.K.», «A.C.» va «R.s.» MChJ rahbarlari va boshqalar oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, «H.I.» MChJ  va Koreya xalqaro universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum bekor qilingan bo‘lsa-da, «H.I.» MChJ bilan soxta shartnoma tuzadi. Ular to‘lov amalga oshirgan maktab bitiruvchilarini Koreya xalqaro universitetiga imtihonsiz o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qiladi va 7 nafar fuqaroning 20,5 million so‘mini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritadi.

Xabarda ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani xabar berilgan.

Avvalroq, Qo‘qon shahridagi avtomaktab o‘qituvchisi pora bilan qo‘lga tushganligi haqida xabar berilgan edi.

Top