Andijonda qiymati 42 mlrd sömlik asfaltli beton (boğlovçi material sifatida bitum işlatilgan beton) qilinadigan yöl qurilişi loyihasini tadbirkorga olib bermoqçi bölgan şaxslar uşlandi. Bu Andijon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda ma’lum böldi.

Davlat xavfsizlik xizmati xabar berişiça, Andijon tumanida yaşovçi fuqaro Andijon şahrida istiqomat qiluvçi şaxs bilan kelişib, yöl qurilişi sohasida faoliyat yurituvçi tadbirkor işonçiga kirgan.

Ular yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali, tadbirkorga Asaka tumanidagi «4R-112» avtomobil yölining 4 km qismiga asfaltli beton qoplamasini yotqiziş böyiça loyihani olib berişni va’da qilgan.

Buning evaziga loyiha uçun ajratiladigan 42 mlrd sömning 10 foizini (4,2 mlrd söm) berişni söragan.

DXX va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari şaxslardan birini söralgan puldan 20 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan qölga oldi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211-moddalari (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi.