Öqituvçi fuqaroni IIBda işlovçi tanişi orqali imtihonlardan ötkazib qöyişni va'da qilgan. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilişiça, 21 aprel kuni fuqaro Yu.B. IIBga murojaat qilib, Qöqon şahrida joylaşgan avtomaktabning K.M. ismli öqituvçisi “V,S” toifadagi haydovçilik guvohnomasini Farğona viloyati IIB YHXBda işlovçi tanişlari orqali imtihonlardan ötkazib qöyişini aytib, 2 200 000 miqdoridagi pullarni talab qilayotganini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, K.M. Qöqon şahar markazida Yu.B.dan “V,S” toifadagi haydovçilik guvohnomasini olib beriş evaziga 2 200 000 miqdoridagi pullarni olgan vaqtida xolislar iştirokida daliliy aşyolar bilan qölga olingan.
Avvalroq avtomaşina olib beraman deb, fuqaroni 19 800 AQŞ dollariga çuv tuşirgan şaxsga jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar berilgan edi.











