12:10 / 01.06.2021
11343
KAMAZ avtosamosvallari: hamyonbop, ishonchli va foydali shartlarda

UzAuto TRAILER kompaniyasi sizlarga ko‘p yillardan buyon yuk texnikasi bozorida yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelayotgan ishonchli va hamyonbop KAMAZ avtosamosvallarini taklif etadi. Samosvallar qurilish materiallari, yirik gabaritli yuklarni tashishda, yuk ortish-tushirish ishlarini amalga oshirishda, shuningdek qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida yordam beradi.

Yuk ortdan tushiriladigan, kuzov sig‘imi 16 m³ va 18 m³ bo‘lgan KAMAZ 6520-1043 va KAMAZ 6520-23016 avtosamosvallari sochiluvchan inert materiallarni tashish uchun mo‘ljallangan.

Samosval-avtomobillar quvvati 320 o.k. va 400 o.k. bo‘lgan Kamaz dvigateli, tegishlicha, 16 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi, kuchaytirilgan ressor osmasi, ABS, ARS'ga ega barabanli tormozlar bilan jihozlangan.

Yuk ko‘tarish qobiliyati 20 tonnagacha bo‘lgan avtosamosvallar qurilish va qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida o‘zining ajoyib jihatlarini namoyish qiladi, yo‘lsizlikdan yura olishi esa, unga boshqa avtomobil albatta qolib ketadigan joydan o‘tib ketishiga imkon beradi.

Ekologik tozalik va tejamkorlik KAMAZ 6520-1771-PM gazda yuradigan avtosamosvali bilan ta'minlanadi, uni xarid qilganingizda siz:

  • yonilg‘ini 2 barobargacha tejaysiz;
  • avtomobil xizmat muddatini uzaytirasiz;
  • dvigatelning shovqinsiz ishlashiga ega bo‘lasiz.

Yana bir bonus: faqat bizda – GBJning zavodda kafolatli o‘rnatilishi!

Biz vaqtingizni qadrlaymiz va shu sababli texnika kelishini uzoq kutmaysiz: KAMAZ avtosamosvallari bugun va shu onning o‘zida dilerlarimizda sotuvda mavjud. Bundan tashqari, biz sizlarga texnikamizni sotib olishning foydali shartlarini taklif etishga tayyormiz.

Oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali bajaruvchi texnikani rasmiy vakillardan sotib oling. Kafolatlangan servisga va yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishga ega bo‘ling.

Qo‘ng‘iroq qiling va biz avtosamosvalga xaridni o‘zingiz uchun maksimal darajada oson va foydali rasmiylashtirish yo‘lini aytib beramiz! 

Batafsil ma'lumot uchun: +99855-501-60-60

Reklama huquqi asosida

Top