Samarqand davlat tibbiyot institutida eshitish qobiliyati cheklangan bolalar muammosi muhokama etildi
Samarqand davlat tibbiyot institutida Koxlear implantatsiyalangan bolalarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash mavzusida xalqaro uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika pediatriya ixtisoslashgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va “MED EL” kompaniyasi (Avstriya) tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Tadbirda so‘nggi yillarda eshitish qobiliyati cheklangan bolalar muammosi bo‘yicha erishilgan natijalarni muhokama qilish, tadqiqot samaradorligini oshirish, tajriba almashish va yangi kar-pedagogik ishlanmalarni joriy etish haqida fikr almashindi. Seminarda Rossiya, Qozog‘iston, Belorus va O‘zbekistondan bolalarni eshitish va nutq nuqsonlarini davolash va reabilitatsiya qilish bilan shug‘ullanadigan yetakchi mutaxassislar ishtirok etishdi.
Seminar ochilishida Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Flora Inoyatova, “MED EL” kompaniyasining mintaqaviy direktori, O‘zbekistondagi koxlear implantatsiya dasturi rahbari Vladimir Primako so‘zga chiqib, tadbirning ahamiyatiga to‘xtaldilar.
Xalqaro seminar davomida ma'ruzachilar koxlear implantlar (KI) va eshitish vositalaridan foydalanadigan eshitish qobiliyati cheklangan bolalar reabilitatsiyasiga zamonaviy yondashuv, yosh bolalarni tuzatish va rivojlanish ishlarini tashkil etish kabi mavzularda ma'ruza-mahorat darslari o‘tkazdilar.
SamDTIda o‘tkazilgan mazkur uslubiy seminar shubhasiz, amaliy tibbiyot sohasidagi innovatsion ishlanmalarni joriy etishga, tibbiyotda fundamental va klinik fanlarni o‘qitish sifatini yanada oshirishga hissa qo‘shadi. Shuningdek, tibbiyot universitetlari va ilmiy-tekshirish markazlarining xalqaro hamkorlik faoliyatini yanada rivojlantiradi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
15:41 / 28.01.2022
Samarqand davlat tibbiyot instituti Turkiya oliygohlari bilan hamkorlikni kuchaytiradi
20:00 / 16.11.2021
Samarqand davlat tibbiyot institutining yangi muzeyidan mingdan ortiq eksponat o‘rin oldi
09:00 / 19.10.2021
Samarqand davlat tibbiyot institutining 800 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi
10:29 / 18.10.2021