19:32 / 06.06.2021
4974
Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri “niqob mojarosi” ortida iste'foga chiqarilishi talab qilinmoqda

 Germaniya sog‘liqni saqlash vaziri Yyens Shpan 2020 yil boshida sotib olingan sifatsiz himoya niqoblari bilan bog‘liq mojaro ortida iste'foga chiqarilishi talab qilinmoqda.

Foto: Spiegel

Spiegel nashri jurnalistlari Shpan rahbarligidagi vazirlik 2020 yil boshida katta hajmda sifatsiz himoya niqoblarini sotib olganidan xabar topishgan. Ushbu niqoblarni odatdagi tartibda tarqatishga ruxsat berilmagani sababli ular maxsus kampaniya doirasida nogironlar va boshpanasizlar orasida taqsimlanmoqchi bo‘lgan.

Germaniyaning Sotsial-demokratlar partiyasi yetakchilari Norbert Valter-Boryans va Saskiya Esken Xristian demokratlar ittifoqi a'zosi bo‘lgan Shpan uchun ushbu mojaro izsiz o‘tmasligi kerakligini ta'kidlashmoqda. 

“Xristian demokratlar ittifoqi yetakchisi Armin Lashet o‘zini xristian deb atovchi partiya uchun Yyens Shpanning bunday mojaroli yondashuvi maqbul hisoblanadimi, deb o‘ziga savol berishi kerak. Agar sog‘liqni saqlash vaziri odamlarni ikki toifaga – yuqori sifatli niqoblarni oladiganlar va past sifatlisini ham bersa bo‘laveradiganlarga ajratsa, bu nomunosib va g‘ayriinsoniy hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Valter-Boryans.   

Ta'kidlanishicha, bu turdagi mojarolar 2021 yil sentyabrda Germaniyada o‘tadigan federal saylovlarda Xristian demokratlar ittifoqi va Xristian sotsial ittifoq blokining reytinglariga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Oxirgi bir necha yillar davomida ilk bor ushbu blokdan kansler lavozimiga nomzod Angela Merkel bo‘lmaydi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top