19:50 / 09.06.2021
4377
«Air Astana» Almati-Samarqand-Almati yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshirdi

Bugun, 9 iyun kuni Qozog‘istonning «Air Astana» aviakompaniyasi Almati-Samarqand-Almati yo‘nalishida Samarqandga ilk qatnovni amalga oshirdi. Bu haqda Samarqand xalqaro aeroporti ma'muriyati xabar bermoqda.

Qozog‘istonning Almati shahridan KS121 raqami ostidagi reys bilan uchgan Airbus 321 rusumli samolyot Toshkent vaqti bilan 16:15da Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo‘ngan. An'anaga muvofiq, havo kemasi o‘t o‘chiruvchi mashinalari yordamida hosil qilingan sun'iy suv arkaci tagidan o‘tib, to‘xtash joyiga kelgan.

Tadbirda Qozog‘istonning Samarqanddagi bosh konsulxonasi va «Air Astana» aviakompaniyasi vakillari, Qozog‘istonning Samarqanddagi konsuli Arsen Abduraxmanov, viloyat hokimi o‘rinbosari, viloyat turizm va sport boshqarmasi boshlig‘i B.Nurillayev, hamda boshqa mas'ullar ishtirok etgan.

Ma'lumot uchun, joriy yilning 8 iyun kuni «Uzbekistan Airways» AJ tomonidan «Samarqand – Almati – Samarqand» yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgan aviaqatnovning birinchisi amalga oshirilgan edi. Milliy aviakompaniya tomonidan Qozog‘istonga haftaning har seshanba va shanba kunlari parvoz amalga oshirilmoqda. «Air Astana» aviakompaniyasi esa haftaning har chorshanba va yakshanba kunlari o‘z reyslarini amalga oshirishni rejalashtirgan.

Chorshanba kuni 
Olmaota-Samarqand 

  • 15:35 (Olmaota vaqti) 
  • 16:15 (Samarqand vaqti)

Samarqand-Olmaota

  • 17:45 (Samarqand vaqti)
  • 20:20 qo‘nish (Olmaota vaqti)

Yakshanba kuni
Olmaota-Samarqand

  • 11:20 (Olmaota vaqti)
  • 11:55 (Samarqand vaqti)

Samarqand-Olmaota

  • 13:25 (Samarkand vaqti)
  • 16:20 (Olmaota vaqti)

Samarqanddan Olmaotaga uchish vaqti 1 soat 55 minut
Olmaotadan Samarqandga uchish vaqti 1 soat 35 minut

Top