07:14 / 11.06.2021
602
Navoiyda mahalliy olimlar tomonidan gaz-chang tozalash uskunasi yaratildi  

Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda Navoiy davlat konchilik instituti olimlari hamkorligida gaz-chang tozalash uskunasi ishlab chiqildi. Loyiha qiziltepalik tadbirkor tomonidan moliyalashtirilgan.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, Qiziltepa tumanining Oqtosh mahallasida joylashgan «Qiziltepa beton qurilish montaj servis» MChJda uskunaning 1-loyiha taqdimoti o‘tkazilgan.

Jarayonda moslama xorijdan keltirilayotgan muqobiliga nisbatan arzonligi bilan birga, atmosferaga chiqarilayotgan zararli gazlar, ko‘mir qurumini 92 foizga qadar tutib qolish imkoniyatini ko‘rsatgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Navoiy viloyatida bugun 12 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub'yekt va 19 ta birinchi toifali korxona faoliyat yuritib, ular tomonidan yiliga atmosferaga 147 ming tonnaga yaqin ifloslantiruvchi moddalar tashlanadi.

Top