18:20 / 11.06.2021
1744
Samarqandda organ xodimlarini haqorat qilib, ko‘chani «xuliganlar» boshqarishini aytgan tiktoker 7 sutkaga qamaldi

Samarqand shahrida Ichki ishlar xodimlari sha'niga nisbatan haqoratomuz so‘zlarni aytgani tasvirlangan videoni TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan yigitlarga qonuniy chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, huquqbuzar yigitlarning xatti-harakatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga yuborilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, A.Sh.ga Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 7 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan. Shuningdek, videolavhani u bilan birga tayyorlagan yana bir sherigi 4 sutka, videoni tasvirga olgan uchinchi yigit 4 sutkaga qamalgan.

«Ment» so‘zini videolavhada ishlatganmiz, ammo o‘zimiz uning ma'nosini bilmaganmiz. Ichki ishlar xodimlari vatanimiz tinchligi uchun qanchalik xizmat qilayotgani haqida xabarim bor. Qilgan ishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman. Meni kechirishlarini so‘rab qolgan bo‘lardim», – degan tiktoker sudda.

Top