19:22 / 12.06.2021
4637
Onasini armatura bilan urgan fuqaro IIBga olib borildi

Jarqo‘rg‘on tumani Xo‘jaqishloq mahallasida yashovchi Sh.J. IIB xodimlari unga nisbatan kuch ishlatgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videolavha e'lon qilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Surxondaryo viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi. 

Tafsilotlarga ko‘ra, Sh.J. uy-joy masalasidagi nizo sabab, mast holatda onasi Sh.R.ni armatura bilan urgan. Pichoq olib arofdagilarga o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Ona o‘g‘liga chora ko‘rish hamda tinchlantirishni so‘rab profilaktika inspektorlariga telefon qilgan.

Inspektorlar Sh.R.ning uyiga borib, Sh.J.dan pichoqni olib qo‘ygan va tinchlantirib ketgan.

Shundan so‘ng Sh.J. do‘konga borib fuqarolar bilan janjallashgan. 

Xodimlar Sh.J.ni narkolog xonasiga olib borib tekshiruvdan o‘tkazib, IIB binosiga olib borgan.

Hozirda holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top