12:07 / 13.06.2021
5608
Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga qabul jarayonining II bosqichi boshlandi!

Hurmatli abituriyentlar!

Siz Yevropa standartlari asosida texnika yo‘nalishida ta'lim olishni va shu yo‘nalishdagi yetakchi italyan diplomga ega bo‘lishni istaysizmi?

Unda sizlarga mamnuniyat bilan shuni ma'lum qilamizki, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetiga 2021/2022 o‘quv yili uchun qabul boshlandi!

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti nodavlat notijorat tashkilot sifatida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, “O‘zavtosanoat” AJ, Italiyaning Turin Politexnika Universiteti hamda boshqa manfaatdor biznes-assotsiatsiyalar hamkorligida tashkil etilgan.

Ta'lim jarayoni Italiyaning Turin Politexnika Universiteti tomonidan qabul qilingan ta'lim dasturlariga, oliy ta'limning xalqaro standartlariga mos keluvchi talablariga, O‘zbekiston Respublikasining davlat ta'lim standartlariga muvofiq olib boriladi.

Universitet o‘z oldiga qo‘ygan asosiy vazifalardan biri – ishlab chiqarish va xo‘jalik obektlarini loyihalash hamda qurishga ixtisoslashgan tashkilot va korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab berishdir.                                                           

Dunyo bo‘ylab 120 dan ortiq davlatlar tan olgan diplomga ega buling! Bitiruvchilarga Italiyaning Turin politexnika universiteti diplomi beriladi va ushbu xujjat O‘zbekiston Respublikasi xududida belgilangan qonunchilik normalariga mos keladigan oliy ta'lim haqidagi hujjat sifatida tan olinadi.

Abituriyentlarni qabul qilish va universitet bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni Italiyaning Turin Politexnika Universiteti tomonidan belgilangan tartibda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta mahsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan abituriyentlar, o‘rnatilgan imtiyoz asosida, ikkinchi bosqichga qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Buning uchun abituriyent yetarli darajada til ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi. Abituriyent bu imkoniyatni rad etishi va ta'limni birinchi bosqichdan boshlashi ham mumkin.

2021/2022 o‘quv yilida Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bakalavriat bosqichining har bir yo‘nalishi uchun belgilangan qabul kvotasi quyidagicha taqsimlanadi:

2021/2022 o‘quv yili uchun KIRISh IMTIHONLARI uch bosqichda bo‘lishi belgilab o‘tilgan:

  • Ikkinchi bosqich imtihon jarayonlari 6-7-8 iyul kunlari mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi (ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi sanasi – 30 iyun)
  • Kirish imtihonlarining uchinchi bosqichi SeNTYaBR oyida bo‘lib o‘tadi (aniq sanalar va tartibi keyinroq e'lon qilinadi) va ushbu (uchinchi) imtihonda yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi bosqichga o‘tish imkoniyati berilmaydi.

Barcha kirish imtihonlari Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti binosida bo‘lib o‘tadi.

Ariza topshirish 2 bosqichdan iborat:

1-bosqich – Onlayn anketa to‘ldirish: https://polito.uz/admission-2021-2022/
  —->>>

Nomzodlar 1-bosqichdan o‘tishlari shart bo‘lib, ushbu bosqichni amalga oshirmay
2-bosqichga o‘ta olmaydilar!

2-bosqich – karantin paytida kirish imtihonlari jarayonining shaffofligini ta'minlash maqsadida, 1-bosqichdan o‘tgandan so‘ng, ariza beruvchi (abituriyent) pasportining elektron nusxasini quyidagi manzilga yuborishi lozim: admission@polito.uz

Onlayn test quyidagilardan iborat:

Matematika: 18 ta savol (40 daqiqa).

O‘qib tushunish: 6 ta savol (12 daqiqa).

Mantiq: 6 ta savol (12 daqiqa).

Fizika: 12 ta savol (26 daqiqa)

Barcha fanlar bo‘yicha test ingliz tilida o‘tkaziladi!

Yana bir muhim xabar! 2021/2022 o‘quv yilida “O‘zavtosanoat” AJ va uning korxonalari, Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti tomonidan grantlar hamda Davlat grantlari ajratilishi rejalashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror-loyihasiga binoan). Grantli o‘rinlarni tanlash imkoniyati – kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi va eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga beriladi.

2021/2022 o‘quv yili uchun ajratiladigan grantlar soni:

Qabul jarayonining shaffofligini ta'minlash maqsadida qabul komissiyasi abituriyentning barmoq izlari va fotosuratlarini ma'lumotlar bazasiga kiritish uchun oladi. Abituriyentda pasport, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim haqidagi hujjat – attestat yoki diplom (diplom olinmagan bo‘lsa – o‘qishni tugatganligi haqida ma'lumotnoma (asli nusxasi)) bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, texnik ma'lumotlar bazasini yuritish bilan bog‘liq xarajatlar tufayli har bir murojaat etuvchi Markaziy bank kursi bo‘yicha 5 yevro (65000 so‘m) miqdorida kirish to‘lovini to‘lashi lozim. Kirish to‘lovini amalga oshirmagan abituriyentlar imtihonlarga kiritilmaydi.

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida bir o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov miqdori 28 500 000 (yigirma sakkiz million besh yuz ming) so‘mni tashkil etadi.

Onlayn anketa to‘ldirish, ariza yoki boshqa turdagi ma'lumotlar yuzasidan bevosita Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetining quyidagi keltirilgan manziliga murojaat qilishingiz mumkin:

Elektron manzil: admission@polito.uz

Telefon raqamlari: +99871 246-80-51, +99871 246-80-52

Manzil: Toshkent shahri, Kichik Halqa yo‘li, 17, 100095, (Mo‘ljal: Talabalar shaharchasi, sobiq “Nukus” kinoteatri, “Azia.uz” supermarketi).

Vebsayt: www.polito.uz

Reklama huquqi asosida

Top