10:44 / 17.06.2021
12621

Yunusobod va Yashnobod IIO FMBga yangi rahbarlar tayinlandi 

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Abdumajid Mavlonovich Shermuhammedov Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Shermuhamedov Abdumajid Mavlonovich

Shuningdek, Oybek Abdukarimovich Qayumxo‘jayev Yashnobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Qayumxo‘jayev Oybek Abdukarimovich

Ma'lumot uchun, Abdumajid Shermuhammedov o‘z vaqtida Chilonzor tumani IIB boshlig‘i bo‘lib ishlagan. U 2017 yil aprel oyi o‘rtalarida, prezident Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumaniga tashrif buyurganidan so‘ng, tuman hokimi bilan birgalikda egallab turgan vazifasidan ozod etilgandi.

Top