17:54 / 18.06.2021
5362
YeI uchinchi mamlakatlar fuqarolari uchun chegaralarini ochishni boshlamoqda

YeI kengashining ta'kidlashicha, Xitoy uchun chegaralar bu davlat YeI uchun o‘z chegaralarini ochgan taqdirdagina ochiladi.

Foto: AP

YeI kengashi fuqarolariga Yevroittifoq hududiga kirishga ruxsat berilgan mamlakatlar ro‘yxatini e'lon qildi

Qayd etilishicha, 18 iyundan YeIga a'zo davlatlar hududiga kirishga qo‘yilgan cheklovlar quyidagi mamlakatlar fuqarolari uchun olib tashlanadi: Albaniya, Avstraliya, Isroil, Yaponiya, Livan, Yangi Zelandiya, Shimoliy Makedoniya, Ruanda, Serbiya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, AQSh, Xitoy.

Ushbu ro‘yxat har ikki haftada qayta ko‘rib chiqiladi.

Shu bilan birga, YeI kengashining ta'kidlashicha, Xitoy uchun chegaralar bu davlat YeI uchun o‘z chegaralarini ochgan taqdirdagina ochiladi.

Top