17:40 / 23.06.2021
1726

Andijon shahrida aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 4 nafar ota qamaldi

Ular farzandi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment pullarini to‘lamasdan, katta miqdorda qarzdorga aylangan edi.

Majburiy ijro byurosining Andijon shahar bo‘limi tomonidan aliment pullarini to‘lash to‘g‘risida bir necha marotoba ogohlantirish berilganiga qaramasdan, aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelgan, qarzdor N.U. ikki nafar farzandi uchun 2021 yil 1 iyun kuniga qadar jami 28 682 065 so‘m aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlagan. Shuningdek, qarzdor M.G. ikki nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun 10 574 554 so‘m aliment pullarini to‘lamasdan kelgan.

Bundan tashqari, qarzdor S.K. va X.X.lar ham voyaga yetmagan farzandlariga moddiy ta'minot to‘lashligini bilsalar-da, aliment pullarini to‘lashdan bosh tortib kelganlar.

Shu sababli, qarzdorlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan ma'muriy javobgarlik masalasini hal qilish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudiga yuborilib, sud jarayonida qarzdorlarning 4 tasiga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

Avvalroq, Izboskanda alimentni vaqtida to‘lamagan otalar jazolangan edi. 

Top