Ikki nafar ota öz farzandlariga berilişi kerak bölgan alimentlarni vaqtida tölamay kelgan.

Fuqarolik işlari böyiça Izboskan tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Turğunov hisobidan undiruvçi Karimova foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi moddiy ta'minoti uçun oylik topgan daromadining 1/4 qism miqdorida aliment undiriş belgilangan.

MIB Izboskan tuman bölimi tomonidan qarzdor Turğunov  alimentdan bölgan qarzdorligini ixtiyoriy tölab qöyişi töğrisida bir neça marotaba ogohlantirilişiga qaramasdan voyaga yetmagan farzandi moddiy ta'minotini öz holiga taşlab qöyişi 8 mln 800 ming söm qarzdorlikni keltirib çiqardi.

Yoki qarzdor Xasanov sudning qarori ijrosini ta'minlamasdan 2 nafar farzandi moddiy ta'minotiga befarqlik bilan qarab kelişi oqibatida alimentdan 5 mln 208 ming söm qarzdorlik töplanişiga sababçi bölgan.    

Qarzdorlarning yuqoridagi ğayriqonuniy harakatlari Jinoyat işlari böyiça Izboskan tuman sudida körib çiqilib, ularga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq, alimentni öz vaqtida tölamagan andijonlik ikki nafar otaga qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar bergan edik.