20:47 / 23.06.2021
2525
Olot va Past Darg‘om tumanlarida IIBga yangi boshliq tayinlandi

Buxoro viloyati Olot tumani hamda Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani ichki ishlar bo‘limiga yangi boshliq tayinlangan. Bu haqda viloyat IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Ismoilov Fayzulla Xikmatovich

Ma'lum qilinishicha, ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan podpolkovnik Ismoilov Fayzulla Xikmatovich Buxoro viloyati Olot tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar F.Ismoilov Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Qo‘ziyev Maruf Mardonovich

Shuningdek, podpolkovnik Qo‘ziyev Maruf Mardonovich Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani ichki ishlar boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Tayinlovga qadar M.Qo‘ziyev Samarqand viloyati IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Top