13:09 / 26.06.2021
12763

Oksana Chusovitina tayanib sakrash bo‘yicha jahon kubogi g‘olibasi bo‘ldi

Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. 

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, musobaqada ishtirok etgan o‘zbekistonlik Oksana Chusovitina navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tokio-2020 lisenziati tayanib sakrash yo‘nalishida ishtirok etdi. Uning ijrosida amalga oshirilgan mashqlar hakamlar hay'ati tomonidan eng yuqori bahoga loyiq ko‘rildi va sportchi oltin medalga sazovor bo‘ldi. 

Ta'kidlanishicha, bu musobaqa Chusovitina uchun bo‘lajak olimpiada oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. 

Jahon kubogi, Doha
Tayanib sakrash, ayollar:

1. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 14,066 ball
2. Devilar Kolin (Fransiya) – 13,966 ball
3. Taman Nensi (Misr) – 13,366 ball.

Top