Özbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Oksana Çusovitina kuni keça saralaş bosqiçida 13.266 ball töplab, ikkinçi natija bilan finalçilar qatoridan joy olgandi.
Boku şahrida ötayotgan bugungi final bahslarida Oksana Çusovitina tayanib sakraş yönalişida 13.516 ball töplab, oltin medalni qölga kiritdi.

Jahon kubogi. Boku, Ozarboyjon.
Ayollar, tayanib sakraş.
1. Oksana Çusovitina (Özbekiston) — 13,516
2. Teya Belak (Sloveniya) — 13,366
3. Tyasa Kisselef (Sloveniya) — 13,283
4. Greta Mayyer (Vengriya) — 13,266
5. Samanta Protistxa (Hindiston) — 12,766.

Ma’lumot uçun, Çusovitina sakkiz karra Olimpiada iştirokçisi sanaladi. U 1992 yilda Barselonada Birlaşgan jamoa tarkibida jamoaviy musobaqada oltin medalni qölga kiritgan, 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida Germaniya terma jamoasi tarkibida kumuş medalga ega çiqqan.
49 yoşli afsonaviy sportçi ötgan yili oktyabr oyida 2028 yilgi Los-Anjyeles olimpiadasida iştirok etmoqçi ekanini ma’lum qilgandi. U jarohati sabab Parijdagi öyinlarda iştirok eta olmadi.

















