16:33 / 29.06.2021
4161
JARning sobiq prezidenti 15 oyga qamaldi

Jyeykob Zuma 2018 yilda korrupsiyada ayblanib, iste'foga chiqqandi.

Foto: Reuters

Janubiy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti Jyeykob Zuma 15 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

U korrupsion sxemada ayblangan va fevralda sudga kelishi kerak edi.

May oyida sobiq prezident korrupsiya, tamagirlik va davlat shartnomalarini tuzishdagi tovlamachilik ishlarida aybsiz ekanligini bildirdi.

Jyeykob Zuma 2018 yilda korrupsiyada ayblanib, iste'foga chiqqandi. Unga nisbatan tovlamachilik, poraxo‘rlik, ikki milliard dollarlik qurol sotib olish uchun xalqaro shartnomalar tuzishda pul yuvish kabi 800ga yaqin holatda ayblov ilgari surilgan.

Top