09:28 / 29.06.2021
3905

“O‘zbekneftgaz”: “Gazprombank” bilan ishonchli hamkorlik yo‘nalishlari kengaymoqda

“O‘zbekneftgaz” AJda uglevodorodlarni qidirish, qazib olish va qayta ishlash sohasida investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda; bu o‘z navbatida, mamlakat resurs bazasiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, aholi va sanoatni energiya manbalari bilan barqaror ta'minlaydi.

28 iyun kuni “Gazprombank” AJ rahbariyatining Toshkent shahriga tashrifi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Gazprombank” Boshqaruvi raisining o‘rinbosarlari A. A. Matveyev va A. P. Belous bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar doirasida qo‘shma loyihalarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, xususan, neft va gaz sohasida uglevodorod qazib olishni ko‘paytirish, shuningdek, chuqur gaz-kimyo sohasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Ta'kidlash joizki, “Gazprombank” AJ neft va gaz sohasidagi keng ko‘lamli investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadigan “O‘zbekneftgaz” AJning ishonchli va tasdiqlangan hamkoridir.

Tomonlarning ko‘p yillik hamkorligi davomida qisqa muddatda sezilarli natijalarga erishishga imkon beradigan samarali ta'sir o‘tkazish mexanizmlari shakllantirildi.

Pandemiya sharoitida yuz bergan global iqtisodiy qiyinchiliklarga qaramay, bank “win-win” tamoyiliga muvofiq, biznes yuritishning eng yuqori standartlaridan kelib chiqqan holda, "O‘zbekneftgaz" AJning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashni davom ettirmoqda.

Uchrashuv yakunida tomonlar keng ko‘lamli faoliyat doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Top