14:35 / 01.07.2021
5516

Senator tashabbusi bilan Sariosiyo tumanidagi ehtiyojmand oilalar “Temir daftar”dan chiqarildi

Xususan, “mahallabay” asosda belgilab berilgan ishlarni amalga oshirish, barcha qishloq va mahallalarimizni jadal rivojlantirish borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi Abdug‘ani Sanginov tomonidan Sariosiyo va Uzun tumanlarida “Temir daftar, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftar”iga kiritilgan ehtiyojmand aholining sharoitlarini yaxshilash borasida amaliy ishlar qilinmoqda.

Sariosiyo tumanidagi “Humoyun” mahalla fuqarolar yig‘inida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarni daftardan chiqarish hamda aholi bilan ochiq muloqot qilish maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a'zosi Abdug‘ani Sanginov, tuman hokimligi mutasaddi vakillari ishtirok etishdi.

Sariosiyo tumanining janubi-sharqiy qismida joylashgan “Humoyun” mahalla fuqarolar yig‘ini shahar markazidan qariyb 30-35 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shahar markaziga bog‘lovchi yo‘l ko‘p yillardan beri ta'mirtalab, aholining shaharga borishi uchun qiyinchilik tug‘dirar edi. Senator tashabbusi bilan mahallaga olib boruchi yo‘l to‘liq ta'mirlab berildi. Olis tog‘ qishlog‘iga olib boruvchi yo‘lning qariyb 16 km. ga asfalt, 3,8 km. ga esa beton qoplamasi yotqizildi.

“Humoyun” (Xufar) mahalla fuqarolar yig‘inida 447 ta oilada 4 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Mahallada “Temir daftar”dagi oilalarga moddiy jihatdan yordam berildi. Bundan tashqari, mahallada 4 nafar imkoniyati cheklangan insonlarga nogironlik aravachasi topshirildi. Kam ta'minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir guruh xonadonlarga qoramol va parranda berildi. “Ayollar daftari”da turgan 9 nafar xotin-qizlar uchun tikuv mashinasi taqdim etildi.

Shu maqsadda, bugun biz mahallada yuqorida qayd etilgan kam ta'minlangan va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga amaliy yordam berilib, “Temir daftar” , “Ayollar daftari” va "Yoshlar daftari" dan chiqarildi.

“Tumanimizda “Temir daftar” , “Ayollar daftari” va "Yoshlar daftari" dan chiqarish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Muhtaram prezidentimiz tomonidan “Mahalla obod bo‘lsa – yurt obod bo‘ladi. Mahallada o‘zgarish bo‘lsa, butun jamiyat o‘zgaradi” deya bildirgan fikrlari mahallalarda tub o‘zgarishlarni boshlab berdi.

Mahallabay, fuqarobay bo‘yicha uyma-uy yurib, ishlar olib borilmoqda. Xususan, senator Abdug‘ani Sanginov sa'y-harakatlari bilan bugun “Humoyun” MFYda “Temir daftar” , “Ayollar daftari” va "Yoshlar daftari" da turuvchi ehtiyojmand aholi mazkur daftardan chiqarildi”, – deydi Xalq deputatlari viloyat va tuman kengashi deputati Shamsiddin Oripov.

“O‘zbekgidroenergo” AJ Matbuot xizmati

Top