10:03 / 11.07.2021
19707
O‘zbekistonda kunlik pnevmoniya holatlari 300ga yaqin, yana 4 bemor koronavirus qurboni bo‘ldi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 485 kishida koronavirus, 274 kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 10 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 115963 (+485) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 51 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 16 nafari Andijon viloyatida,
  • 22 nafari Buxoro viloyatida,
  • 36 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 9 nafari Navoiy viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 35 nafari Samarqand viloyatida,
  • 18 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 25 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 19 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 52 nafari Toshkent viloyatida,
  • 154 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 274 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 54 nafar,
  • Andijon viloyatida 24 nafar,
  • Buxoro viloyatida 15 nafar,
  • Jizzax viloyatida 51 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 15 nafar,
  • Navoiy viloyatida 11 nafar,
  • Namangan viloyatida 16 nafar,
  • Samarqand viloyatida 92 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida  29 nafar
  • Farg‘ona viloyatida 56 nafar,
  • Xorazm viloyatida 10 nafar,
  • Toshkent viloyatida 39 nafar,
  • Toshkent shahrida 18 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 111189 (+430) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 771 nafarni tashkil qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top