23:50 / 12.07.2021
10243
JSST dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yana yomonlashayotganini ma'lum qildi

Dunyoda koronavirus yuqtirish holatlari qatorasiga to‘rt haftadan beri ko‘payib bormoqda. Bu haqda JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, o‘tgan hafta 10 haftadan beri qisqarib kelgan o‘lim holatlari soni ko‘payishi ham kuzatilgan.

“JSSTning bitta mintaqasidan tashqari, qolgan oltita mintaqasida kasallanish holatlari o‘sishi qayd qilingan. Shuningdek, o‘lim darajasi 10 haftalik pasayishdan keyin yana o‘sdi”, deb aytgan Gebreyyesus brifing vaqtida.

Uning ta'kidlashicha, hozirda dunyoda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan.

7 iyulda JSST rahbari vaksinalarni ishlab chiqarish va uni taqsimlashdagi tengsizlik sababli koronavirusning yangi mutatsiyalari vaksinalardan “o‘zib ketayotganini” aytgan. U JSSTning ayni vaqtdagi asosiy vazifasi sentyabrgacha barcha davlatlarda 10 foiz aholi, 2021 yil oxirigacha 40 foiz va 2022 yil yarmigacha 70 foiz aholi emlanishiga erishishdan iboratligini aytgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top