08:37 / 12.07.2021
1653
Uzum yetishtirishning Oltiariq tajribasi o‘rganilmoqda

10-13 iyul kunlari Oltiariq tumanida uzum yetishtirishda bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha o‘tkazilayotgan seminar-treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardan 500 nafardan ziyod vakillar ishtirok etmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vaziri, tegishli qo‘mita va agentliklar, ilmiy-amaliy markazlar, oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, viloyat hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumanlar hokimlari qatnashayotgan seminar-treningda ilmiy ma'ruzalar tinglash, o‘zaro tajriba almashish, tumandagi yuzlab aholi xonadonlarida bo‘lib uzum yetishtirish tajribasini o‘rganish rejalashtirilgan.     

Seminarda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyevning ta'kidlashicha,  Farg‘ona viloyatining Oltiariq va Qo‘shtepa, Andijon viloyatining Buloqboshi tumani tajribasi asosida respublikaning 47 ta tumanida uzumchilikni rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda. Respublika miqyosida 153 ming 700 gektar yerda uzumchilik plantatsiyalari tashkil etiladi. Eng kamida 500 gektar yerni qamrab olgan holda uzumchilik klasterlari faoliyati shakllantirilib, tashabbuskor tadbirkorlar, mirishkor bog‘bonlarga bir qator imtiyozlar beriladi, subsidiyalar ajratiladi.

Mavzuga oid
Top