2022 yilda Farğona viloyatining Oltiariq tumanida ming gektarlik adir uzumzorga aylantirilib, yoş oilalarga 20-25 sotixdan, 3 yillik imtiyoz bilan 7 yilga, 14 foizli kredit asosida taqsimlab berilgan edi. Tahririyatga uzumzor ayni paytda abgor holatda ekani, hatto ayrim yerlarga tok köçati ekilmay qolib ketgani, ötgan yoz faslida suv berilmasligi oqibatida köçatlar qurib ketgani haqida murojaat kelib tuşdi. Kun.uz muxbiri holatni örgandi.

Suriştiruv davomida ayrim joylarda haqiqatan ham toklar kökarganini guvohi böldik.

Lekin umumiy maydonning aksariyat qismiga köçat ekilmagan, bori ham qurib yotardi.

Ma’lum bölişiça, adirlikda tokzor barpo etiş uçun 102 mlrd söm (73 mlrd Agrobank ATB, 18 mlrd mahalliy budjet mablağlari, 1 million dollar jahon banki grandi) mablağ jalb etilgan.

Adirlikdan yer olgan murojaatçilar holatni sözlab berdi.

“Boğ uçun ajratilgan yerdan olgan edik. Boşida maqtaşgan edi, uzum yaxşi böladi, suv uzilmaydi deyişgandi. Ammo kamçiliklar yetarli böldi. Eng avvalo, suv muammo bölyapti, köçatlar qurib ketyapti. Şartnomada körsatilgandek şaroit yöq, lekin har oy tölovlarini tölab turibmiz. Mablağimizga kuyib qolyapmiz.

Aytganimdek, asosiy muammo suvda bölyapti. Nasoslar ham juda köp buziladi. Suv sörasak, nasos buzilgan, deydi. Özim olgan joy quruq yer edi, uzum ekib beramiz deyişgan, ammo haliyam tok köçatidan darak yöq. Şartnomada körsatilganidek tok köçati ekib berişmadi hatto. Özim yonimdan ekkan köçatlar suvsizlikdan qurib yotibdi. Umuman talab darajasida emas. Ta’minotçilar yaxşi işlamaydi. Yöl böyidagi közga körinadigan joylar yaxşi bölib turibdi şunçaki, lekin közdan pana joylarda ahvol yomon.

20 sotixdan ikkita joy olganman. Toklar böladi deyişgan, lekin yöq edi. Özim köçat sotib olib ekdim, ammo suvsizlikdan qurib boryapti. Oyma-oy tölovlarni tölayapmiz. Tölayotgan pulimga açinaman. Har bir lot uçun 350 ming sömdan tölayman, 3 yil imtiyozli davr, 3 yildan söng, ikki barobar tölaymiz. 25 foizça joyda uzum yaxşi, unda ham yöl böyidagi joylar, qolgan joylarda uzum ham ekilmagan, şartnomalar talablariga mos emas”, – deydi murojaatçilardan biri.