Oltiariq tumanining Jörak mahallasida 111 yoşli Salimaxon aya Yusupova istiqomat qiladi. Aya 45 kun içida qurib bitkazilgan Katta Farğona kanali bunyod etilişida iştirok etgan. “Çelak, qanor qopga tuproq-loy solib, tepalikka taşirdik. Uyga kelsak kelardik, bölmasa, kanalning içida tunab qolardik”, deydi momo öşa kunlarni eslab. 

Katta Farğona kanali qazilişida odamlarning jasorati va ötmişni Salimaxon aya şunday xotirlaydi:

 “17-18 yoşimdan kolxozda işladim. Uç öğil, bir qizim bor edi. Öğillarimdan biri 40 yil öqituvçilik qilib, umri qisqa ekan, vafot etdi. Boşimizdan köp qiyinçiliklar ötdi. Xaltada un, buxanka non taşib, farzand boqdim. Hozir endi hammasi uyli-joyli, bola-çaqasi bilan çiroyli rözğor qilib ötirişibdi. Nevara-çevaralarim yuztaga boradi.

Salimaxon aya Yusupova

 

Katta Farğona kanali qazilişida işladim. Çelak, qanor qopga tuproq-loy solib tepalikka taşirdik. Uyga kelsak kelardik, bölmasa, kanalning içida tunab qolardik. Qurilişida erkaklar bilan tengma-teng işlaganmiz. Ketmon va belkurak bizning asosiy iş qurolimiz edi. Kanal içida qozon osib ovqat qilardik.

Tuproq ortilgan etaklarni erkag-u xotin tepalikka olib çiqar edik. Tuproqni qopga solib tepalikka taşiyotgan odamlarning kiyimlari qop işqalanaverganidan yirtilib ketardi. Deyarli barça xonadondan haşarçilar çiqqan. Biz — xotin-qizlar uzun köylaklarni kiyib çiqar edik. Köylaklarimizning etagi oğir mehnat ortidan titilib ketardi. Erkaklar asosan qopda, ayollar esa çelakda tuproq taşirdik. Kanalda men bilan birga işlagan tanişlarimning köpi olamdan ötib ketdi.

Öşa kunlari Oxunjon qiziq, Yusufjon qiziq, Ma’murjon Uzoqov, Jöraxon Sultonov, Mukarrama Turğunboyeva kabi san’atkorlar kelib, haşarçilarning kayfiyatini kötarib turişgan. Kanal bitgaç, kolxozda 4-5 raisning qölida işladim”, — deya hikoya qildi u.

1912 yilda tuğilgan aya 4 nafar farzand körgan — 3 öğil, bir qiz. Bir öğli olamdan ötgan.

“Bir öğlim kolxozçi, yana biri esa şifokor bölib işlab, nogiron bölib qoldi. “Bir etak” nevara, çevara, evaralarim bor. Ular uyimga kelsa, siğişmaydi köpligidan”, – deydi suhbat çoğida Salimaxon Yusupova.

Salimaxon ayaning 73 yoşli öğli Rahmonali Abdullayev onasining şu yoşida ham ança tetikligini ta’kidlaydi: 

Rahmonali Abdullayev

“Yaratganga şukr, onajonimiz 111 yoşga kirdi. Bizning baxtimiz, davlatimiz şu onamiz. U kişi bor ekan, bizdan boy odam yöq.

Yaxşi eslayman, markazda non sotadigan dökon bölardi. Bir kişiga bitta non berilardi, onam bilan non olay deb borardim, ikkimiz ikkita non kötarib qaytardik.

Onamning közlari haligaça juda yaxşi köradi, birovning qorasi körinsa, taniydi. Yirikroq yozuvli gazetalarni ham öqiy oladigan. Xotiralari ham yaxşi, mening esimda yöq narsalarni ham yodda saqlab yuradi.

Boş bölib yuribdilar bizga. Hozir ham bilmagan narsalarni örgatadi kelinlarga. Tomorqa, ekinlarni parvariş qiliş böyiça ham bir nimalarni tayinlab turadi”.

Salimaxon aya Yusupova 2020 yilda prezident farmoniga binoan “Şuhrat” medali bilan mukofotlangan.

Sarvar Ziyoyev,
Kun.uz
Montaj ustasi: Nuriddin Nursaidov