Ijtimoiy tarmoqlarda 20 noyabr kuni tungi soat 02:12 larda Farğona viloyati Qöştepa tumanidagi «Sarmazor» jome masjidiga Damas’da noma’lum şaxslar kelib, ehson qutisini olib ketganligi aks etgan video tarqalgan edi.

Farğona viloyati IIB axborot xizmati uşbu şaxslar qölga olingani, ular oldinroq boşqa masjidlardan ham ehson qutilarini öğirlaş bilan şuğullangani haqida xabar bergan.

«Ötkazilgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida E.N., B.B. hamda S.A. birga Oltiariq tumanidagi jome masjidlaridan ham ehson qutilarini öğirlaganliklari aniqlangan», — deyiladi viloyat IIB axborotida.

IIBdagilar «Daryo» naşriga bergan xabarga köra, Qöştepada olib ketilgan ehson qutisi içida 80 ming söm bölgan.

Qöşimça qilinişiça, hozirda ulardan qölqop va niqoblar daliliy aşyo tariqasida olinib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari davom ettirilmoqda.