15:00 / 20.07.2021
4240

AQShda kuchli o‘rmon yong‘inlari sababli minglab odamlar evakuatsiya qilindi

Kuchli shamol va quruq havo tufayli olov shtat bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. Yong‘in yana mingga yaqin binoga xavf solmoqda.

AQShning Oregon shtatida kuchli o‘rmon yong‘inlari yuz berishi oqibatida minglab odamlar zudlik bilan evakuatsiya qilindi. Bu haqda BBC News xabar bermoqda.

Keng ko‘lamdagi yong‘inlar natijasida kamida 160ta uy va xo‘jalik binolari kuyib kulga aylangan.

Kuchli shamol va quruq havo tufayli olov shtat bo‘ylab tarqalishda davom etmoqda. Yong‘in yana mingga yaqin binoga xavf solmoqda.

Uylari buzilgan aholi uchun vaqtinchalik evakuatsiya markazlari barpo etildi.

Xabarda aytilishicha, ofatga qarshi ikki mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi kurashmoqda. Oregondan tashqari, Kaliforniya, Aydaho, Vashington va Montana shtatlarida ham yong‘inlar yuzaga kelgan.

Avvalroq Rossiyada 1,5 mln gektardan ortiq o‘rmon yonayotgani xabar qilingandi.

Top