18:54 / 22.07.2021
25317

Tokio kundaligi. O‘zbekistonlik sportchilar ilk raqiblarini bilib olishdi

O‘zbekistonning Tokio Olimpiadasiga yo‘l olgan boks jamoasi, dzyudo jamoasi, taekvondo jamoasi vakillari hamda yagona tennischi Denis Istomin turnirdagi ilk raqiblarini bilib olishdi.

Dastlab Tokio-2020 Olimpiadasining dzyudo bahslariga rasmiy qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda o‘zbekistonlik sportchilar ham dastlabki raqiblarini bilib olishdi. 

Dzyudo

Ayollar:

  • -52 kg: Diyora Keldiyorova – Sosorbaram Lxagvasuren (Mo‘g‘uliston)
  • -63 kg: Farangiz Hojiyeva – Sandrin Billet (Kabo-Verde)
  • -70 kg: Gulnoza Matniyozova – Demos Memneloum (Chad)

Erkaklar:

  • -60 kg: Sharofiddin Lutfullayev – Artyom Lesiuk (Ukraina) / Xose Ramos (Gvatemala)
  • -66 kg: Sardor Nurillayev – Denis Viyeru (Moldova)
  • -73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Igor Vantdeke (Germaniya)
  • -81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Ugo Kumbo (Vanatau)
  • -90 kg: Davlat Bobonov – Nikolas Mungai (Italiya)
  • -100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Benjamin Fletcher (Irlandiya)
  • +100 kg: Bekmurod Oltiboyev – Durenbayar Ulzibayar (Mo‘g‘uliston)

Jamoaviy bellashuvlarda esa O‘zbekistonga ilk bosqichda Niderlandiya vakillari raqiblik qiladi. 

Aralash jamoaviy yo‘nalish:

  • O‘zbekiston – Niderlandiya

Dzyudo bellashuvlari 24 iyul kuni erkaklar o‘rtasidagi -60 kg, ayollar o‘rtasidagi -48 kg vazn toifalari bilan boshlanadi.

Taekvondo va boks dasturlarida ishtirok etadigan atletlar ham o‘zlarining ilk raqiblarini bilib olishdi.

Boks

Foto: Boks federatsiyasi
  • -51 kg: Tursunoy Rahimova – Sandra Drabik (Polsha)
  • -60 kg: Rayhona Qodirova – Naomi Yumba (Kongo DR)
  • -69 kg: Shahnoza Yunusova – Karolina Kotsevska (Polsha)
  • -52 kg: Shahobiddin Zoirov – Chiftchi Batuxan (Turkiya)
  • -57 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Xose Kuiles (Ispaniya)/Kurt Uolker (Irlandiya)
  • -63 kg: Elnur Abduraimov – Chinzorig Baatarsuxin (Mo‘g‘uliston)
  • -69 kg: Bobousmon Baturov – Polando Roxan (Dominikan Respublikasi)
  • -75 kg: Fanat Qahramonov – Giorgi Xarabadze (Gruziya)
  • -81 kg: Dilshod Ro‘zmetov – Emmett Brennan (Irlandiya)
  • -91 kg: Sanjar Tursunov – Abdelxafid Benchabla (Jazoir)
  • +91 kg: Bahodir Jalolov – Muhammad Abdullayev(Ozarboyjon) / Danis Latipov (Bahrayn)

Tokioda boks bahslari kunduzgi va kechgi dastur bo‘yicha o‘tkaziladi. 1/16 final janglari 24 iyul kuni start oladi.

Taekvondo

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
  • -68 kg: Ulug‘bek Rashitov – Seydu Fofana (Mali)
  • -80 kg: Nikita Rafalovich – Moyzes Ernandes (Dominikan)
  • -67 kg: Nigora Tursunqulova – Jang Mengyu (Xitoy)
  • +67 kg: Svetlana Osipova – Jansel Deniz (Qozog‘iston)

Tennis

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi ilk bahsni hindistonlik Sumit Nagalga qarshi o‘tkazadi. E'tiborlisi, har ikki tennischi shu paytgacha o‘zaro to‘qnash kelishmagan.

Ayni paytda Istomin jahon tasnif jadvalining 197-pog‘onasini egallab turgan bo‘lsa, Nagal 160-o‘rinda turibdi. Bellashuv 24 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00da start oladi.

Ilk bahsni o‘z foydasiga hal qila olgan taqdirda, Istomin qozog‘istonlik Aleksandr Bublik (40) va rossiyalik Daniil Medvedev (2) qarama-qarshiligi g‘olibiga qarshi kurash olib boradi. 

Mavzu
Tokio Olimpiadasi
Pandemiya tufayli qoldirilgan 2020 yilgi Yozgi Olimpiada 2021 yil 23 iyulida Yaponiyaning Tokio shahrida rasman boshlanadi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top