15:36 / 24.07.2021
22285

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘iga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Podpolkovnik Bahrom Mahamatovich Xidirov

Podpolkovnik Bahrom Mahamatovich Xidirov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Xidirov Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Sherzod Fayzullayevich Shodiyev Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Sherzod Fayzullayevich Shodiyev

Tayinlovga qadar Sh.Shodiyev IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo‘yicha bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Mavzuga oid
Top