19:17 / 26.07.2021
755
To‘rtko‘lda rezina ishlab chiqarish sexi yonib ketdi

Bugun ijtimoiy tarmoqda To‘rtko‘l tumanida rezina ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan videolar tarqaldi.

Hokimlik axborot xizmati ma'lum qilishicha, To‘rtko‘l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga 26 iyul kuni soat 13:40 da yong‘in bo‘yicha chaqiruv bo‘lgan. Unda aytilishicha, Ullubog‘ ovulidagi Nurli yo‘l aholi punkti 65-uyda yashovchi R.R.ga tegishli rezina ishlab chiqarish sexi yonib ketgan.

Yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borgan va 14:05 da holat bartaraf etilgan.

Ta'kidlanishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Beruniydagi reklama monitori yonib ketgandi.

Mavzuga oid
Top