Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tumanida advokat sudyaga pora berayotganida qölga olingan. Bu haqda Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, jinoyat işlari böyiça Törtköl tuman sudi iş yurituvidagi Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni köp miqdorda qonunga xilof ravişda sotiş) bilan ayblanayotgan K.O.ga yengillik qilib beriş evaziga advokat Z.Ya. tomonidan sudyaga 10 ming AQŞ dollari miqdorida pora taklif qilinganligi holati böyiça ma’lumotlar rasmiylaştirilgan.

Mazkur holat böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan 2024 yilning 29 fevral kuni ötkazilgan tadbirda advokat Z.Ya. sudyaga pora berayotganda qölga olingan.

Ayni paytda advokatga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq advokat Samarqandda advokat fuqaroga sud tomonidan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanişini özining mansabdor tanişlari orqali bekor qilib berişni aytib, buning evaziga 600 dollarni pora tariqasida olayotgan vaqtida qölga olingandi.