107 yoshida yor-yor aytadigan momo
Saadat momo Abdullayeva 1914 yili To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. U 1 yanvarda 108 yoshni qarshi oladi. Saadat momo Qoraqalpog‘istonning eng olis hududi Miskin ovulida yashaydi.
Mehnat faoliyatini 1938 yili kolxozda boshlagan. II jahon urushida front ortida mehnat qilgan.
«Kolxozda ishladim. Yer ag‘dardim. Qazuv qazdim. U paytlari texnika yo‘q edi. Kanallarni qazdik. Undan keyin texnika chiqdi», — deydi yuzdan oshgan momo.
107 yoshli momo urush davri xotiralarini aytib berdi: «Urush davri hamma jangga ketdi. Undan hech kim qaytmadi. Urushda erim o‘ldi. O‘lik ko‘mishga odam qolmadi. Oxiri keksa ayollar o‘lik ko‘mishdi. Ana, Rajabboy buvangni ayollar qabristonga olib borishgan».
Nukusdan 200 km olisda yashayotgan momo gaz yo‘qligidan shikoyat qildi: «Qishda qayerda gaz bo‘lsin?! Kesib tashladilar. Gaz yo‘q. Faqat ovqat pishirish uchun gaz ballon, plita bor. Boshqa gaz yo‘q. Bergan puliga o‘tin sotib olamiz. Sovuq qotsak nima qilaylik? Koshki, boshqa iloji bo‘lsa. Sovuq kuni sovuq qotib, issiq kuni qizib o‘tiramiz, bolam!»
Saadat Abdullayeva urushdan keyin 31 yil maktabda farroshlik qilgan. U bir o‘g‘li va ikkita qizidan ayrilgan. Eri esa urushdan qaytib kelmagan.
Keksa momoni hozir ham to‘ylarga taklif qilishadi. U xonadonga yangi tushgan kelinlarga yor-yor aytadi. 108 yoshga yaqinlashayotgan momoning sochlari qorayishni boshlagan. Momoning 2 ta qizidan 8 nevara, 15 chevara va 4 evarasi bor.
Shuhrat Saidahmadov, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh: Ukraina bo‘yicha muzokaralar tufayli Rossiyaga bojlar joriy etilmaydi
Jahon | 09:40
-
“Mening bog‘im” loyihasining 2025 yilgi mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 09:18
-
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 09:15
-
2025 yil uchun eng ishonchli avtomobillar e’lon qilindi: ular orasida Tahoe ham bor
Jahon | 09:00
Mavzuga oid

16:13 / 23.03.2025
Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasining baki portlab ketdi. Jarohat olganlar bor

16:54 / 29.08.2024
Qoraqalpog‘istonlik 110 yoshli momo “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi

10:25 / 01.03.2024
To‘rtko‘lda sudyaga 10 ming dollar pora bergan advokat qo‘lga olindi

20:01 / 26.02.2023