09:00 / 29.07.2021
10055
UzAuto TRAILER bilan KAMAZ avtosamosvallarini osongina qo‘lga kiriting

Hozirda O‘zbekistonda binolar, yangi yo‘llar qurish va ta'mirlash kabi bunyodkorlik ishlari jadal olib borilmoqda. Bu o‘z-o‘zidan qurilishda qo‘llaniladigan texnikalarga, jumladan yuk avtomobillariga bo‘lgan talabni oshiradi. Ana shunday texnikalarni yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi UzAuto TRAILER kompaniyasi o‘z mijozlariga og‘ir texnikalar bozorida yetakchilik qilib kelayotgan yuk avtomobillaridan biri – KAMAZ avtosamosvallarini taklif qilmoqda.

Texnik imkoniyatlari qanaqa?

KAMAZ avtosamosvallari o‘zining mustahkamligi, narxlarining hamyonbopligi va boshqarishga qulayligi bilan shu turdagi texnikalar orasida alohida ajralib turadi. Xususan, kuzov sig‘imi 16 m³ va 18 m³ bo‘lgan KAMAZ 6520-1043 va KAMAZ 6520-23016 rusumli avtosamosvallarda yuklar orqa tarafdan tushiriladi. Bu sizga yirik gabaritli yuklar, inert materiallarni yuklash va tushirishda qulaylik yaratadi. 320 va 400 ot kuchiga ega bo‘lgan avtosamosvallar 16 bosqichli mexanik uzatmalar qutisi, kuchaytirilgan ressor osmasi, ABS, ARS'ga ega mustahkam tormoz tizimlari bilan jihozlangan.

Ushbu modellar 20 tonnagacha yukni bemalol ko‘taradi. Bundan tashqari, yo‘ltanlamas samosvallar uncha-muncha avtomobil o‘tishga qiynaladigan yo‘llarni osonlik bilan bosib o‘ta oladi. Amortizatsiya tizimi ham puxta ishlangan bo‘lib, nosoz yo‘llarda chayqalib yurish oqibatida yuklarga zarar yetishining oldini oladi. Texnik imkoniyatlarining kengligi sababli ulardan nafaqat qurilish sohasida, balki qishloq xo‘jaligida ham foydalanish mumkin.

KAMAZ 6520-1771-PM gazda yuradigan avtosamosvalida esa ekologik tozalik ham inobatga olingan bo‘lib, uni xarid qilganlar anchagina mablag‘ni tejab qolishadi. Sababi ushbu model:

  • yonilg‘ini 2 barobargacha kam sarflaydi;
  • nisbatan uzoq muddat xizmat qiladi;
  • dvigateldan chiqadigan shovqin ham pastroq.
  • GBJni zavodning o‘zida kafolati bilan o‘rnatib berishadi!

Yetkazib berishlarini uzoq kutmaysiz

UzAuto TRAILER kompaniyasi o‘z mijozlari vaqtini juda qadrlaydi va shu sababli texnikalarni tezkor yetkazib berishni asosiy vazifasi deb biladi. KAMAZ avtosamosvallari ayni paytda ham sotuvda mavjud bo‘lib, istagan paytda ushbu texnikalarni o‘zingizga qulay bo‘lgan shartlar asosida xarid qilishingiz mumkin.

UzAuto TRAILER o‘z mijozlari safi kengayishidan hamisha manfaatdor va shu sababli doimo ularning ishonchini oqlashga, xarid vaqtida ularga imkon qadar ko‘proq imkoniyatlar berib, rasmiylashtirishni oson va foydali shartlar asosida olib borishga harakat qiladi.

Sizga ham shunaqa “suyagi baquvvat” avtosamosvallar kerakmi? Unda UzAuto TRAILER aynan siz uchun!

Batafsil ma'lumot uchun telefon: +99855-501-60-60

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top