11:29 / 30.07.2021
3784
«Kunlik emlashlar soni 220 mingga yetdi» – Behzod Musayev

Oliy Majlis Senati yalpi majlisida davlat dasturining 2021 yil birinchi yarim yilligi ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi hisoboti eshitildi. Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev hisobotni o‘qib eshittirdi. 

Hisobotda xususan, aholi salomatligini mustahkamlash borasida bir qator muhim ishlar amalga oshirilgani haqida ma'lumot berildi. Aytilishicha, hozirga qadar koronavirusga qarshi emlash uchun 9,5 mln dozaga yaqin 3 turdagi vaksina yetkazib kelingan va kunlik emlashlar soni 220 mingga yetgan.

“Xorijiy davlatlar tajribasi va xalqaro tashkilotlar tavsiyasi asosida mamlakatimizda ham joriy yilning ikkinchi choragidan boshlab koronavirus infeksiyasidan emlash ishlari boshlandi. Shu maqsadda 9,5 mln dozaga yaqin 3 turdagi vaksina yetkazib kelindi. 

Shu kunga qadar 6,3 mln doza vaksina bilan aholi emlandi. Aprel oyida boshlangan vaksinatsiyada dastlab kuniga 10-12 mingta kishi emlangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib qariyb 220 ming emlashga erishyapmiz.

Bugun, 30 iyul kuni ertalab AQShdan 3 mln doza “Moderna” vaksinasi olib kelindi”, deyiladi hisobotda.

Top